Windows 10 da mikrofonni qanday o‘chirish kerak?

  • Июн, 25, 2020
  • 8 views
  • 2 minutes Read

Xavfsizlik maqsadida yoki yana bir boshqa maqsadda Windows 10 operatsion tizimida mikrofonni o‘chirish zaruriyati tug‘ilib qolganda, nima qilishni bilmasangiz yoki alohida bir dasturlar uchun o‘chirish kerak bo‘lganda unda bizning maslahatlarga quloq tuting. Quyida biz shu haqda so‘z yuritamiz.

Windows 10 da mikrofonni butunlay o‘chirish

Windows 10 operatsion tizimida bir qancha mikrofonni o‘chirish usullari mavjud. Ularni sanab o‘tamiz.

1. Menimcha eng ishonchli usullaridan biri bu —dispetcher ustroystv orqali o‘chirishdir. Buning uchun Pusk ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan dispetcher ustroystv tanlanadi. Ro‘yxatdan mikrofon tanlanadi va uning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, hosil bo‘lgan menyudan «Otklyuchit ustroystvo» tanlanadi. Natijada mikrofon tamoman o‘chadi.

  1. Parametrы — Sistema — Zvuk (yoki soatning oldidagi dinamik belgisi ustida sichonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va hosil bo‘lgan menyudan «Otkrыt parametrы zvuka»). «Vvod» bo‘limida mikrofonni tanlab, «Svoystva ustroystva» bosiladi. «Otklyuchit» bo‘limiga belgi qo‘yiladi.

  1. Panel upravleniya ochiladi. «Zvuk» bo‘limi ochiladi. Mikrofon ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va «Otklyuchit» tanlanadi.

  1. Yuqoridagi 3-usulda ko‘rib o‘tganimizdek, mikrofonni tanlab, «Svoystva» tugmasi bosiladi. «Primenenie ustroystva» bo‘limidan «Ne ispolzovat eto ustroystvo (otkl)» holati tanlanadi.

  1. 2-punktda ko‘rsatilgan tovush parametrlarida «Upravlenie zvukovыmi ustroystvami» bo‘limiga o‘tib, u yerdan mikrofonni tanlab, «Otklyuchit» tugmasini bosib o‘chirish ham mumkin.

Ba’zan shunday holatlar ham uchrab turadiki, qaysidir ayrim dasturlardagina mikrofonni o‘chirib qo‘yish zarur bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatdan esa chiqish mumkin.

Ayrim dasturlar uchun mikrofnni o‘chirib qo‘yish

  1. Parametrы — Konfidensialnost va chap tarafdan «Razresheniya prilojeniy» bo‘limidan «Mikrofon» tanlanadi.
  2. Ochilgan oynadagi ro‘yxatni o‘tkazib, o‘chirilishi zarur bo‘lgan dastur nomini toping va ana o‘sha dastur uchun mikrofnni o‘chirib qo‘ying.

Ayrim dasturlar ushbu ro‘yxatda bo‘lmasligi mumkin. Bunday holda ana o‘sha dasturning o‘z sozlamalari orqali o‘chirishga harakat qiling.