Grafik redaktor — veb dizaynerlar uchun kod redaktoridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan muhim jihat hisoblanadi. Dizaynerlar sayt maketlarini yaratib, tayyor fayllarni sahifalash (vyorstka) uchun beradilar. Sahifalovchilar (Verstalщik) barcha kerakli ma’lumotlarni qabul qilib oladilar: matnlar, illyustratsiya, ranglar, elementlarning sahifada joylashuvi va ular orasidagi masofalar.
Grafik redaktorlar juda ko‘p. Ulardan qaysi birini tanlash kerakligini har doim ham hal qila olmasligingiz mumkin. Shuning uchun ikki mashhur dasturni — Photoshop va Figma larni solishtiramiz.
Photoshop — o‘ta kuchli grafik redaktor hisoblanadi. Asosan rastrli grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. U 1990 yilda yaratilgan va bu o‘tgan davr mobaynida juda ko‘plab foydalanuvchilarga ega bo‘ldi. O‘tkazilgan dizayn insrumentlari tadqiqotida eng mashhur 10 talikdan 4-o‘rinni egallagan.
Figma — interfeys va prototiplar yaratish uchun onlayn redaktor hisoblanadi. U 2016 yilda yaratilgan bo‘lsada, Photoshop ni foydalanuvchilar soni jihatidan deyarli 4 baravarga quvib o‘ta oldi. Bundan tashqari Figma dizayn instrumentlari sifatida foydalanuvchilar miqdori jihatidan ikkinchi o‘rinni egallamoqda.
Qaysi redaktorni tanlash kerakligini bilish uchun, ularning interfeyslari, foydalanish sohalari, tizim uchun minimal talablar va boshqa parametrlar bo‘yicha qiyoslab ko‘ramiz.
Sahifalashni o‘rganishga hoziroq kirishing.
Interfeys
Grafik redaktorni tanlashda uning interfeysi muhim rol o‘ynaydi. Murakkab interfeys foydalanuvchiga uni o‘rganish uchun ko‘proq vaqt kerakligni talab etadi. Bunday interfeysli dasturlar foydalanuvchilari tez-tez adashib qolishlari va buning natijasida xato qilishlari ko‘p kuzatiladi.
Figma
Figma da ikki asosiy ishchi maydon mavjud — grafik redaktor va fayllar bilan ishlash menejeri.
Fayl menejeri akkaunt sozlamalari va proekt (loyiha) hamda fayllarni boshqarish uchun kerak bo‘ladi. Bu yerda guruh (komanda) yaratish, akkaunt sozlamalarni tahrirlash, joriy va yaqinda foydalanilgan loyihalarni tahrirlash va yangi plagin joriy qilish mumkin.
Figma loyiha menejeri
Figma da ikkinchi ish maydoni — grafik redaktor. Bu yerda dizaynerlar maketlar yasaydi, Sahifalovchilar esa illyustratsiya, matn va sahifalash uchun ob’ekt parametrlarini topishlari mumkin.
Figma ichidagi grafik redaktor
Photoshop
Photoshop da murakkab interfeys, ko‘plab sozlamalar va instrumentlar joylashgan. Buni shunday tushuntirish mumkinki, ushbu dasturdan turli soha mutaxassislari foydalanishadi: veb-dizaynerlar, fotograflar, sahifalovchilar, illyustratorlar. Ularning barchasiga turli ko‘rinishdagi sozlamalar kerak bo‘ladi.
Bunday ko‘rinish yangi foydalanuvchilarga halaqit berishi mumkin. Har bir foydalanuvchi o‘ziga zarur bo‘lgan uskunini darrov topa olmasligi mumkin.
Photoshop dasturining ko‘plab uskunalar oynasi
Ish maydonini har bir foydalanuvchi o‘izga moslab olishi mumkin. Buning uchun zarur bo‘lmagan uskunalarni yashirib yoki berkitib qo‘yish orqali optimallashtirish mumkin. Ana shunda foydalanuvchiga ortiqcha va kerak bo‘lmagan ma’lumotlar halaqit bermaydi.
Quyida sahifalovchi uchun Photoshop dasturining ko‘rinishi.
Photoshop oynasi
O‘rnatish usullari
Grafik redaktorni tanlashda unda qanchalik osonlik ish boshlash mumkinligini ham hisobga olish zarur. O‘rnatish jarayoni qanchalik oson bo‘lsa, shunchalik ishni tezroq boshlash mumkin bo‘ladi.
Ikki variant — desktop ilovasi va brauzer versiyasi mavjud. Ilovani kompyuterga o‘rnatish kerak bo‘ladi. Brauzer versiyasi hech qanday o‘rnatishlarsiz ishga tushishi mumkin.
Figma
Figma — bu brauzerda ishlovchi onlayn redaktor. Bu shuni anglatadiki, kompyuterga hech narsani o‘rnatish zarur emas, shunchaki kompyuterdagi mavjud brauzerlardan birini ishga tushirib, avtorizatsiyadan o‘tish kifoya.
Bu usulning kamchiligi shuki, internetsiz ishlamaydi. Shu bilan birga videokarta kuchli bo‘lmasa sekin ishlashi mumkin. Lokal shriftlardan foydalanish uchun qo‘shimcha Figma Font Helper. ni o‘rnatib olish zarur bo‘ladi.
Figma yaratuvchilari Windows va Mac OS uchun desktop ilovasini ham yaratishgan. Ushbu ilova brauzer versiyasi bilan bir xil funksiyalarga ega. Kamchiligi esa internetsiz ishlamaydi. Proksi ulanish orqali internetdan foydalanuvchilar faqatgina brauzer versiyasidan foydalanadilar.
Photoshop
Photoshop kompyuterga o‘rnatiladi. Buning qulayligi shuki, u internetsiz ishlayveradi. Internet faqatgina dasturni faollashtirish uchun, bulutli texnologiyalarga ruxsat olish uchun zarur bo‘ladi.
Narxi
Hamma grafik redaktorlar ham bepul emas. Ularni tanlayotganda ushbu jihatiga ham e’tibor qaratish lozim.
Figma
Figma — shartli bepul grafik redaktor hisoblanadi. Uning foydalanish uchun 3 usuli mavjud: boshlovchilar uchun, professionallar uchun, tashkilotlar uchun.
Boshlang‘ich bepul tarifda bir qator cheklovlar mavjud:
Boshqa tariflar esa pullik. Professional tarifda har bir foydalanuvchi uchun oyiga 12 dollardan to‘lanadi. Oliy ta’limda o‘qishini tasdiqlanganda talaba va o‘qituvchilar uchun bepul bo‘lishi mumkin.
Tashkilotlar har bir foydalanuvchilar uchun oyiga 45 dollardan to‘laydi.
Photoshop
Photoshop — pullik dastur. 7 kun davomida bepul foydalanish mumkin. Uch xil varianti bor: oddiy foydalanuvchilar, tijorat va o‘quvchilar uchun.
Hamkorlikda ishlash
Ish jarayonida qulaylik muhim parametrlardan hisoblanadi. Sahifalovchi maketni olib, loyihaning sahifalangan qismini mijozga ko‘rsatadi, o‘zgarishlarni qabul qiladi, qayta ishlaydi. Ushbu jarayon qanchalik sodda bo‘lsa, xatoliklar shuncha kam bo‘ladi.
Figma
Figma — Google Docs dizayn olamida.
Figma da bir paytning o‘zida bir necha odam ishlashi mumkin. Starter tarifida 2 foydalanuvchidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Barcha o‘zgarishlar bulutlarda saqlanadi.
Buning qulayligi shundaki, barcha o‘zgarishlar va izohlar jamoaga ma’lum bo‘ladi. Bir loyihaning fayllarini jamoaning boshqa foydalanuvchilariga qaytadan jo‘natishning kerakgi yo‘q.
Figma da loyiha ustida hamkorlikdagi ish proektom v
Photoshop
Fotoshopda faqat bitta foydalanuvchi ishlashi mumkin xolos. Mana shuning uchun ham bir qator muammolar yuzaga keladi: fayllar yo‘qolishi mumkin, jamoa aktual bo‘lmagan versiyasini jo‘natishi mumkin. Mijozda loyiha faylini ko‘rish uchun Fotoshop dasturi bo‘lmasligi mumkin. Jamoada loyiha muhokamasini uyushtirish qiyin bo‘lishi mumkin.
Photoshop da loyiha ustida hamkorlikda ish
Kompyuterga qo‘yilgan talab
Grafik redaktor uzilishlarsiz, tez ishlashi kerak. Kompyuter grafik redaktorning minimal talablariga javob bermasa me’yorda ishlamasligi mumkin.
Figma
Brauzer: Chrome 58+, Firefox 57+, Safari 11+, Microsoft Edge 16+.
Brauzer versiyasi uchun OT: Windows 8.1, MacOS 10.10 (Yosemite), barcha Linux.
Videokarta:: Intel HD Graphics 4000, Nvidia 330m, ATI Radeon HD 4850.
Требования к браузеру для работы в браузерной версии Figma.
Требования к ОС для работы в десктопном приложении.
Минимальные системные требования для установки Photoshop на ОС Windows и macOS
Dizayner odatda Figma ni tanlamoqdalar. Lekin Figma Photoshop ni to‘laqonli o‘rnini bosa olmaydi. Figma da dizaynerlar uchun barcha zarur imkoniyatlar mavjud emas. Misol uchun Figma da rastrli grafika bilan ishlash imkoni mavjud emas. Shuning uchun sahifalovchilar uchun ikkala grafik redaktordan xabarlari bo‘lishi foydadan xoli emas. Bunda asosan turli mijozlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda asqotadi.
Figma asosan qulay interfeysda va to‘g‘ridan to‘g‘ri brauzerda va jamoa bo‘lib ish boshlovchilar uchun qo‘l keladi.
Dizaynerlar maketni butunicha Fotoshopda kamdan-kam holatlarda yasamoqdalar. Ular asosan Fotoshopda fonni, rasmlarni, kollaj va bannerlarni yaratish va tahrirlashda foydalandilar.
Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.
Спасибо за предоставление информации..
Информация очень интересная.