Diskni GPT dan MBR ga o’tkazish

  • Июн, 22, 2020
  • 9 views
  • 3 minutes Read

GPT dan MBR ga o‘tkazish turli holatlarda uchraydi. Ko‘p uchraydigan variantlaridan biri  — «Установка Windows на данный диск невозможна. Выбранный диск имеет стиль разделов GPT». Bu holat Windows 7 ni x86 versiyasini GPT diskka o‘rnatish jarayonida uchrab turadi.

GPT ni MBR ga o‘tkazish uchun Windows ning standart vositalaridan foydalanish mumkin. Quyida bir nechta variantlarni keltirib o‘tamiz. Maqola so‘nggida ushbu mavzuga oid alohida video ham bor.

Windows ni o‘rnatish jarayonida buyruqlar satri orqali MBR ga o‘tkazish

Ushbu usul orqali yuqorida ko‘rsatilgan Windows 7 o‘rnatish jarayonida paydo bo‘ladigan xatolikni bartaraf etish va tizimni o‘rnatishni davom ettirish uchun kerak bo‘ladi.

Eslatma: Qattiq diskdan barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi. GPT ni MBR ga o‘tkazish uchun buyruqlar satridan quyidagi bosqichlarni bajarish kerak (Pastroqda rasmi ham keltirilgan):

  • Windows ni o‘rnatish jarayonida (razdellarni tanlash yoki boshqa bosqichda ham) Shift + F10 tugmalarini klaviaturadan bosing va buyruqlar satri ochiladi. Xuddi shu ishlarni Windows operatsion tizimida bajarayotgan bo‘lsangiz, u holda buyruqlar satrini (komandnaya stroka) administrator nomidan ishga tushirish kerak.
  • diskpart buyrug‘ini yozing va Enterni bosing, keyin esa — list disk buyrug‘ini yozib Enterni bosing. Kompyuterda o‘rnatilgan fizik disklar ko‘rsatiladi.
  • Navbatdagi buyruqni bajaring select disk N, bu yerda N — o‘tkazilish bajarilishi kerak bo‘lgan disk raqami.
  • Endi ikki usul bilan natijaga erishish mumkin: clean buyrug‘i orqali diskni butunlay tozalab tashlash mumkin (barcha razdellar ham o‘chiriladi). Yoki razdellarni bittalab tanlab, detail diskselect volume va delete volume buyruqlari orqali ham amalga oshirish mumkin(skrinshotda shu usul ko‘rsatilgan, lekin clean buyrug‘ida tezroq natija bo‘ladi).
  • convert mbr buyrug‘i orqali diskni MBR ga o‘tkazamiz.
  • Dasturdan chiqish uchun Exit  buyrug‘i orqali chiqiladi. Buyruqlar satrini berkiting va Windows ni o‘rnatishni davom ettiring. Xatolik paydo bo‘lmaydi. Razdelni «Nastroit disk» oynasida yaratib olish mumkin.

Ko‘rib turganingizdek o‘tkazish unchalik qiyin ish emas.

GPT dan MBRga Windows ning disklarni boshqarish bo‘limidan o‘tkazish

Navbatdagi o‘tkazish usuli ishlab turgan Windows 7 yoki 8 (8.1) operatsion tizimlari talab etiladi. O‘tkazish qattiq diskning operatsion tizim o‘rnamagan qismlari uchun amal qiladi.

Win + R tugmalarini bosing va quyidagi buyruqni yozib OK ni bosing diskmgmt.msc

«Управление дисками» bo‘limida o‘tkazilish zarur bo‘lgan razdelni aniqlang va undagi razdelni o‘chirib tashlang: uning ustida sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi, hosil bo‘lgan kontekst menyudan «Удалить том» ni tanlang. Qattiq diskning har bir tomi uchun shu amalni takrorlang.

Va nihoyat, disk ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Preobrazovat v MBR-disk» bo‘limini tanlang.

Barcha amallar yakunlangandan so‘ng yana qaytadan kerakli razdellarni yaratib olishingiz mumkin.

GPT va MBR orasida o‘tkazishlarni bajaruvchi dasturlar. Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda ham

O‘tkazishlarni bajarish uchun maxsus dasturlar mavjud. Acronis Disk Director va Minitool Partition Wizard kabi dasturlarda o‘tkazishlarni bajarish mumkin. Biroq ular pulli dasturlar hisoblanadi.

Fikrimcha, bepul dasturlar sirasiga Aomei Partition Assistant dasturini misol qilish mumkin. Uning barcha funksiyalarini to‘liq o‘rganib chiqishga vaqt bo‘lmadi. O‘tkazishda ma’lumotlar saqlangan holda bajarilishi mumkin. 

Video: GPT diskni MBR ga konvertatsiya qilish (ma’lumotlar saqlangan holda ham)

Ushbu videoda diskni MBR ga o‘tkazish usullari ko‘rsatilgan. Video rus tilida. 

Manba: https://remontka.pro/